Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishidagi poyezdda tibbiy xizmat yetishmagani sabab ayol kishi vafot etdimi? Aniqlik kiritildi
27.04.2021 16:52,  
222

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi №681 sonli yo‘lovchi poyezdida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari, aptechka, tibbiy bilimga ega biror shaxs yo‘qligi bois, bir keksa ayolning tobi qochib vafot etganligi haqida xabar tarqaldi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tarqatlgan ushbu holatga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni №681 sonli Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdning 17 vagoni 30 o‘rindig‘iga Sariosiyo bekatidan 15.09.1961 yilda tavvalud topgan yo‘lovchi B.G. qizi va o‘g‘lining hamrohligida Toshkent shahriga yo‘lga chiqqan. Yo‘lovchi B.G. vagonga chiqayotgan vaqtida ahvoli og‘ir ekanligini inobatga olib vagon kuzatuvchilar Salimov Kozim, Ilhomov Qodirlar tomonidan yo‘lovchiga amaliy yordam berilgan va har bir temir yo‘l bekatlariga tibbiyot xodimlari vagonga chaqirtirilgan. Yo‘l safari davomida B.G ning ahvoli keskin ravishda og‘irlashib Denov, Qumqo‘rg‘on, Boysun, Darband vokzallaridan tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qumqo‘rg‘on tibbiyot punkti navbatchi feldsheri Mengnarov Abdivohid kech soat 18:20 larda Sariosiyo-Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17 vagonidagi bemor B.G ga birinchi tez tibbiy yordam qo‘rsatayotgan vaqtida bemorning qizi onasi B.Gning jigar serrozi kasalligi bilan og‘riganligini aytadi. Buni u o‘z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Darband vokzali hamshirasi Normamatova Nargiza Termiz -Toshkent yo‘lovchi poyezdining 17 vagonida bemor ayolga birinchi tibbiy yordam qo‘rsatish vaqtida, bemorning farzandlariga bemorni yo‘lovchi poyezdidan tushirib olib qolishni aytganligini, bemorning o‘g‘li poyezddan tushib qolishga rozi bo‘lmagan. Bemorning o‘g‘li buni o‘z tushuntirish xatida ham bayon qilgan. Temir yo‘l bekatlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan mazkur poyezd Oqrabot temir yo‘l bekatiga yaqinlashayotganida tobi qochgan bemor yo‘lovchi olamdan o‘tgan. 

"Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ ga qarashli barcha poyezdlarda tibbiyot qutilari(aptechkalar), birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari har bir stansiyada tibbiyot xonalari mavjud, ularda kechayu kundiz tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi. Shuningdek, ayni kunda yo‘lovchi poyezdlarni texnik va texnologik yo‘lga tayyorlash korxonasida 100 ga yaqin tibbiyot qutilari zahira qilingan. Ular dori vositalari bilan to‘ldirilib, foydalanish muddati doimiy ravishda nazorat qilib boriladi",–.“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ bergan izohda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан