Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati: O.Sattoriyning sud ishiga hokimlikning aloqasi yo‘q
17.05.2021 17:57,  
660

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning “Human.uz” axborot portali orqali viloyat hokimiga nisbatan bildirgan fikrlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Deputat R.Kusherbayev “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvida bloger Otabek Sattoriy va uning sud jarayoni haqida so‘z yuritarkan, “Surxondaryo viloyati hokimiga shu masalada alangali salom, deb qo‘ymoqchi edim. Otabek Sattoriyning qanday jigarlari, farzandlari bo‘lsa, u kishining ham xuddi shunday yaqinlari bor. Bu dunyo qaytar dunyo ekanligini unutmaslik kerak. Buni nima uchun aytayotganimni u kishi juda yaxshi bilib turibdilar, menimcha. Qolganlarga ham insof bersin”, deya ta’kidlaydi.

Bu bilan deputat R.Kusherbayev ommaviy axborot vositasidagi o‘z chiqishida Surxondaryo viloyati hokimiga nisbatan “U kishining ham xuddi shunday yaqinlari bor, qaytar dunyo bu” deya mavhum ayblov qo‘yib, tomoshabinlarda go‘yoki, bloger O.Sattoriyning sud ishiga viloyat hokimi aloqadordek fikr uyg‘otdi.

Deputat tomonidan Surxondaryo viloyati hokimiga nisbatan qo‘yilayotgan bu asossiz ayblov deputatlik odobi qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.

Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligi tomonidan bloger Otabek Sattoriyga qarshi hech qanday harakat amalga oshirilmagan, viloyat hokimligining ushbu ishga aloqasi yo‘qligi bois, sud jarayonida hokimlik hatto guvoh sifatida ham chaqirilmagan.

Qolaversa, odil sudlov faqat sud organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlariga qonun bilan belgilab berilgan vakolatlardan foydalangan holda ish yuritadi, sud organlarining ishlariga aralashish hokimlik vakolatiga kirmaydi.

Shuningdek, protsessual normalarga asosan tomonlar birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori instansiyalarga shikoyat qilish huquqiga ega ekanligi belgilangan.

Deputatlik odobi qoidalariga ko‘ra, deputat ommaviy axborot vositalarida chiqishda davlat organlari va boshqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llashga, asossiz ayblovlarga yo‘l qo‘yishga haqli emasligi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, deputat R.Kusherbayevdan o‘z chiqishlarida deputatlik odobi qoidalariga hamda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga qat’iy amal qilishi so‘raladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан