Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni 1 iyuldan qo‘shilgan qiymat solig‘ini 5 foizdan 15 foizga oshirmoqda
12.05.2020 19:22,  
292

Saudiya Arabistoni Podshohligi 2020 yilning 1 iyul kunidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasini amaldagi 5 foizdan 15 foizga ko‘tarmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi Al-Arabiyyah nashriga tayanib xabar bermoqda.

Koronavirus infeksiyasining qisqa muddat ichida global miqyosda tarqalishi hamda neft narxining keskin pasayishi Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, 2020 yilda davlat byudjetining kamomadi 50 milliard AQSh dollariga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq va byudjet siyosati tejamkorligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 2020 yilning 1 iyul kunidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi amaldagi 5 foizdan 15 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash joizki, QQSni 15 foizga ko‘tarish natijasida xizmat ko‘rsatish (mehmonxona, transport, oziq-ovqat va boshqa) sohalarda narxning o‘sishiga olib kelishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан