Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni butun dunyoga Haj ziyoratini ado etishga ruxsat berdi
9.04.2022 18:27,  
110

Saudiya Arabistoni so‘nggi 3 yil ichida birinchi marta xorijlik ziyoratchilarga Haj ziyoratini bajarishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Saudiya matbuot agentligining mamlakat Haj va umra vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar qilishicha, 1443 (hijriy)/2022 yilgi haj mavsumini amalga oshiruvchilar sonini Podshohlik va xorijiy mamlakatlarga ajratilgan kvotani nazarda tutgan holda1 million ziyoratchi etib belgilashga qaror qilingan. Bunda salomatlikni himoya qilishga qo‘yilgan talablarga qat’iy rioya qilinadi.

Bu yil koronavirusga qarshi emlangan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilarga haj ziyoratiga borishga ruxsat beriladi. Xorijlik ziyoratchilar Podshohlikka kelishdan kamida 72 soat oldin olingan COVID-19 testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak.

«Haj va umra vazirligi ziyoratchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash maqsadida amallarni bajarish jarayonida ehtiyot choralarini ko‘rish va profilaktika ko‘rsatmalarini qat’iy bajarish zarurligini ta’kidlagan», - deb yozadi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, Podshohlik o‘tgan yil Haj ziyoratida qatnashuvchilar sonini 60 ming, 2020 yilda esa 1 ming nafarga cheklagan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан