Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini quradi
17.09.2021 07:53,  
46

16 sentyabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida o‘tkazilgan tenderning yakuniy bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish uchun BAAning Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar) kompaniyasi, ACWA Power (Saudiya Arabistoni) va Voltalia (Fransiya) kompaniyasi o‘zaro raqobatlashdi.  

Ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,5695 AQSh sentiga teng tarifni taklif qilgan ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender g‘olibi deb, e’lon qilindi.

Ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 2,6550 AQSh sentiga teng tarifi bilan Masdar (BAA) kompaniyasi ushbu tenderning zaxira g‘olibi deb, e’lon qilindi.

Investitsiyaviy majburiyatlarga muvofiq, ShES 2023 yilning o‘rtalariga kelib ishga tushiriladi. Elektr stansiyasining ishga tushirilishi yiliga 400 million kVt/s ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydi. ShES Qoraqalpog‘istonning Qorauzoq va Beruniy tumanlari hududida joylashadi. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 140 mln dollarga baholanmoqda.

Uning amalga oshirilishi 110 mingga yaqin xonadonga elektr energiyasi yetkazib berish, atmosferaga chiqariladigan uglerod chiqindilarini yiliga 157 ming tonnaga kamaytirish va qurilish davrida mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан