Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni neft bozorida yana narxlar urushi bilan tahdid qilmoqda
3.07.2020 13:37,  
202

Saudiya Arabistoni, agar OPEK + a’zolari ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha kelishmasa, neft bozorida yangi narxlar urushini boshlash bilan tahdid qilishdi, deb yozadi The Wall Street Journal OPEK muzokarachilariga tayanib.

Gap haqiqiy ultimatum haqida ketyapti: ishtirokchilarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videokonferensiya chog‘ida Angola va Nigeriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning savdo hamkorlariga katta chegirma bilan neft sotishni boshlash bilan tahdid qilgan. "Biz sizning mijozlaringiz kimligini bilamiz", - deya yuqori darajadagi saudiyalikning so‘zlaridan iqtibos keltiradi WSJ. 

Angola va Nigeriyaning asosiy xaridorlari Hindiston va Xitoydir. Xitoy bozoridagi narxlar urushi, shubhasiz, jahon neft narxlariga ta’sir qiladi, deb yozadi gazeta.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida OPEK 22,7 million barrel neft qazib chiqargan, bu 1991 yildagi Ko‘rfaz urushidan beri misli ko‘rilmagan ko‘rsatkichdir. Nigeriya va Angola, kvota talablariga muvofiqlikni may oyiga nisbatan yaxshiladilar, ammo baribir ortda qolmoqdalar (mos ravishda 77% va 83%). Iyun oyining boshida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu mamlakatlar ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan qisqartirish hisobiga kvotalarning yetarli darajada bajarilmaganligini qoplashga va’da berishdi.

Ular uchun katta moliyaviy qiyinchiliklarni tug‘dirish uchun neft narxini 30-40 dollar atrofida tushirish kifoya, deydi ekspert. Hozirda Brent bahosidagi neft barreli 42 dollardan qimmatroqqa taklif qilinmoqda.

OPEKning amaldagi rahbarining bunday keskin pozitsiyasi qarama-qarshiliklar ostida vujudga kelgan tashkilotdagi yangi muammolarni yuzaga chiqarmoqda.

Qarama-qarshilik endi yangi yo‘nalishlarda yuzaga keladi. Angolaning Energetika vaziri Diamantino Azevedo 18 iyun kuni konferensiyada bo‘lmagan, o‘rniga uning maslahatchisining ishtirok etishiga aynan shahzoda Abdul Aziz bin Salmon ruxsat bermagan, deb yozadi gazeta.

Kelgusi yilda OPEK boshqaruvi Angolaga o‘tadi. Gazetaga ko‘ra, Abdul Aziz bin Salmon valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon orqali Nigeriyadan Angola bilan vositachilik qilishni talab qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан