Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolariga ham umra qilishni taqiqlab qo‘ydi
4.03.2020 19:27,  
1546

Saudiya Arabistoni Podshohligi Ichki ishlar vazirligidagi manba bergan ma’lumotga ko‘ra mamlakat hukumati Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib hamda COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat fuqarolari va doimiy istiqomat qiluvchi xorijliklarga (rezidentlarga) ham umra amalini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda hukumatga qarashli  rasmiy Saudiya Axborot Agentligi xabar berdi.

Hukumatning bu taqiqi koronavirusning tarqalishiga va ikki Haram hududiga (Makkadagi Masjidul-Harom va Madinadagi Masjidun-Nabaviyga) yetib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun joriy etilgan.

Chunki bu joylar doimo odam bilan gavjum bo‘lgani kasallik tarqalishi uchun sabab bo‘lishi mumkin. Qarorda aytilishicha, koronavirus bilan bog‘liq holat ijobiy tomonga o‘zgarsagina bu taqiq bekor qilinadi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi umra va sayohat vizalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatgan; shuningdek, koronavirus tarqalgan davlatlarda shu paytgacha bu vizalarni rasmiylashtirib bo‘lganlarga ham chegaralarni yopgan, safar qilmay, kutib turishni tavsiya etgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан