Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni turk tovarlarga embargo joriy qildi
29.09.2020 12:09,  
467

Saudiya Arabistoni Turkiyadan keladigan barcha tovarlarga embargo joriy qildi. Bu haqda Cumhuriyet gazetasiga tayanib lenta.ru xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, Ar-Riyod mahalliy korxonalarni Anqara bilan savdo qilmaslikka bosim o‘tkazmoqda. Saudiya Arabistoni ko‘rsatmani e’tiborsiz qoldirgan har qanday kompaniyaga jarima solishga va’da berdi. Bundan tashqari, arab mamlakati hukumati go‘yoki aholini Turkiyaga sayohat qilishdan "qaytarmoqda".

Ta’kidlanishicha, bunday choralar Turkiyaning allaqachon zaiflashgan iqtisodiyotiga jiddiy zarba bo‘ladi: Arab mamlakatiga eksport yuz millionlab dollar olib keladi. «Militarist» Telegram kanali, Ar-Riyod choralari Anqaraning Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlariga javob, deb taxmin qilmoqda. O‘tgan yili saudiyaliklar siyosiy sabablarga ko‘ra ba’zi turk mollariga, shu jumladan to‘qimachilik va tez ayniydigam mahsulotlarga ham embargo qo‘ygan edi, deya qayd etadi Cumhuriyet.

Avvalroq Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan Ozarbayjonga harbiy yordam berishga tayyorligi ma’lum bo‘lgan edi. 27 sentyabr kuni ertalab xabar berildi: Boku va Yerevan mojaroni avj oldirishda o‘zaro ayblashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан