Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni xorijlik Umra ziyoratchilarini qachon qabul qilishi ma’lum qilindi
8.10.2020 09:29,  
228

Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi o‘zining rasmiy internet nashrlari orqali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Umra ziyorati to‘rt bosqichda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi taklif va tavsiyalari asosida qayta tashkil etiladi:

1-bosqich – 2020 yil 4 oktyabr kunidan e’tiboran cheklangan miqdorda, Saudiya Arabistoni Podshohligida istiqomat qiluvchilar uchun ichki Umra ziyorati ochilishi kutilmoqda. Bunda ziyoratchilar soni cheklangan bo‘lib, maxsus onlayn navbat dasturi orqali ro‘yxatga olinadi va ularning kunlik umumiy adadi 6 ming nafarni tashkil etadi.

2-bosqich – 18 oktyabr kunidan e’tiboran, kunlik ziyoratchilar soni 15 mingga oshiriladi.

3-bosqich – 1 noyabr kunidan boshlab, xorijlik ziyoratchilarni qabul qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda kunlik 20 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan. Ruxsat etilgan davlatlar ro‘yxati mamlakatlarning epidemiologik holatidan kelib chiqib, Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi.

4-bosqich – Mavjud epidemiologik vaziyat sababli o‘rnatilgan karantin cheklovlari batamom olib tashlangach, Umra ziyorati pandemiyadan oldingi holatdagidek to‘liq tiklanadi.

Vazirlik xabarida yuqoridagi barcha bosqichlar Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘rsatmasi asosida yumshatilishi yoki kuchaytirilishi, xorijiy davlatlar ro‘yxati shakllantirishi va tasdiqlanishi, ziyoratchilarning Masjid al-Haramga maxsus onlayn navbat dasturi asosida kiritilishi eslatib o‘tiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан