Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistoni xorijliklar uchun Umra ziyoratiga borishga ruxsat berdi
23.09.2020 18:48,  
385

Saudiya Arabistoni hukumati xorijiy fuqarolar uchun Umraga borish uchun ruxsat berdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni IIVning SPA davlat axborot agentligida chop etilgan xabarida aytilgan.

Hujjat mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan va uch bosqichda amalga oshiriladi. Xorijiy davlatlar fuqarolari "kichik haj" safariga shu yilning 1 noyabridan boshlab borishlari mumkin.

Birinchi va ikkinchi bosqichlarda, 2020 yil 4 oktyabrdan boshlab Saudiya Arabistoni fuqarolariga muqaddas joylarni ziyorat qilishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, sanitariya me’yorlariga muvofiq, ziyoratchilar soni kuniga 6 ming kishidan oshmasligi kerak.

Ta’kidlanganidek, ziyoratchilar soni 1 noyabrgacha, ya’ni uchinchi bosqichga qadar ko‘payadi. Bu vaqtga kelib, barcha sanitariya qoidalariga muvofiq, har kuni xorijiy mamlakatlardan 20 minggacha ziyoratchilar muqaddas joylarga borishlari mumkin bo‘ladi.

2020 yil fevral oyi oxirida koronavirus tarqalishi sababli Saudiya Arabistoni hukumati kichik haj amallarini bajarish uchun chet mamlakatlardan kirishni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyodagi 2,5 millionga yaqin musulmonlar Haj mavsumida Islomning zaruriy ustunlaridan birini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘naydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан