Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib chiqarmoqchi
11.09.2019 17:20,  
65

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft-gaz kompaniyasi O‘zbekistonda gaz qazib chiqarishga qiziqish bildirgan. Bu haqida Rossiya 24 telekanalining «Kurs dnya» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Jiddada Saudiyalik hamkasbi shahzoda Abdulaziz bin Salmon bilan uchrashdi. Aleksandr Novak Abdulaziz bin Salmoning yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etdi.

“Biz Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi mavjud muloqotni yuqori baholaymiz va o‘zaro hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. Biz ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga intilamiz "dedi rus vaziri.

Shuningdek, uchrashuvda Rossiya neft-gaz kompaniyasi Lukoilning Aramco bilan hamkorlikda O‘zbekistondan gaz qazib olish bo‘yicha masalalar ham muhokama qilingan. O‘zbekistonda siqilgan tabiiy gaz (SPG) qazib olishga Aramco qiziqish bildirgan, Lukoil esa bu xalqaro hamkorlikni ko‘rib chiqish niyatida ekanligini bildirgan. Boshqa tafsilotlar batafsil ochiqlanmadi.

Eslatib o‘tamiz, Aramco 2018 yilda jahonning eng rentabelli kompaniyalaridan biri bo‘lgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан