Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya nohalol o‘yin boshladi(mi) — Ar-Riyoz Yevropaga $25 dan neft sotmoqchi
12.03.2020 20:37,  
902

Saudiya Arabistoni Yevropaga “katta chegirmali” narxda neft yetkazib berishni uch baravar oshirishi mumkin deb xabar bermoqda Bloomberg.

Qirollik Arab Light markali neftni Rotterdam (Niderlandiya)ga barrelini $25 dan yetkazib berishga tayyor. Bunday sharoitda “Yevropa Ar-Riyoz va Moskva o‘rtasidagi neft yetkazib berish uchun shiddatli kurash nuqtasiga aylanadi”, — deb yozmoqda nashr.

Agentlik manbasiga ko‘ra, Yevropaning Royal Dutch Shell Plc, BP Plc, Total SA, OMV AG, Repsol SA hamda Cepsa SA kompaniyalari Saudi Aramco davlat kompaniyasidan "normal hajmlardan sezilarli darajada oshgan" etkazib berish takliflarini olgan. Qo‘shimcha yetkazib berish aniq bir kompaniyaga qarab 25 dan 200% gacha bo‘ladi.                                      

Energy Aspects kompaniyasining neft bo‘yicha yetakchi tahlilchisi Amrita Senning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni neftining chegirmalari shu qadar yuqori bo‘lyaptiki, agar ruslar narxni pasaytirmasa, Urals neft brendi Yevropaning “mintaqaviy neftni qayta ishlash zavodlari ratsionidan” siqib chiqariladi.

11 mart holatiga ko‘ra, Urals brendi barreli $32,25 dan taklif qilinmoqda.

Mavzuga doir: Urush boshlandi — Saudi Aramco zaxiradagi neftlarni bozorga chiqarishga qaror qildi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан