Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiya valiahd shahzodasi faqat o‘ziga bo‘ysunuvchi kichik armiyasini tashkil etdi
11.01.2018 13:48,  
14

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon dunyodagi eng yirik xususiy harbiy kompaniya Blackwater kabi armiyani tashkil etdi. Bu haqda Sabq nashri xabar berdi.

«Al-Ajrab shamshiri» deb nomlangan tizim 2015 yilda shakllantirilgandi, biroq uning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va faqat valiahd shahzodaga bo‘ysunadigan bo‘linma borligi endi ma’lum bo‘ldi.

Bo‘linma jiddiy tayyorgarlikdan o‘tgan 5 ming nafar zobit va askardan iborat. Ular orasida maxsus kuchlar, havo desanti, jangovar suzuvchilar, merganlar, noroziliklarni bostirish va minalardan zararsizlantirish otryadalari bor.

Kichik armiya vazifalari sirasiga podshoh va valiahd shahzodani himoyalashdan tashqari, qarorgohlar, o‘ta muhim shaxslarni qo‘riqlash, hukmdor va valiahd shahzoda tashkillagan barcha tadbirlarda xavfsizlikni ta’minlash kiradi.

Jangovar otryadning nomi ikkinchi Saudiya Arabistoni davlati asoschisi imom Turki bin Abdulloh bin Muhammad Ol-Saudning qilichi nomiga qo‘yilgan. 19-asrda qilich imom Saud bin Faysal Ol-Saud tomondan Bahraynning o‘shandagi qiroli shayx Iso bin Halifaga berilgan. 

Qilich hukmron Al-Halifa oilasida 140 yil saqlangan va 2010 yilda Saudiya Arabistonining o‘sha vaqtdagi qiroli Abdulloh bin Abdulaziz Ol-Saudga qaytarilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан