Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saudiyadagi o‘zbek olimi O‘zbekistondagi masjidlarni ochish va vahimalarni kamaytirishni taklif qildi
25.07.2020 19:25,  
7257

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonida istiqomat qiluvchi asli o‘zbekistonlik diniy olim, Madina Islom universitetida «Hadis ilmlari» bo‘yicha tahsil olgan doktor Sayfulloh Nosir O‘zbekiston hukumatiga koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

"Ma’lumki, hozir O‘zbekistonda koronavirus keng tarqalgan. Menda bir taklif bor:

Tibbiy muolajalar bilan birga ikki narsani qilish bu pandemiyadan qutulishda asosiy rol o‘ynaydi, deb o‘ylayman. Bular - Alloh taologa tavba va iltijo qilish hamda vahimaga tushmaslik, xotirjam bo‘lishdir" - deb yozadi olim.

 

Birinchi ishni qilish uchun masjidlarni ochib, Juma namozi va jamoatlarga ruxsat berish kerakligi aytilgan:

«Chunki, Alloh taoloning uylari ochib qo‘yilmasdan U zotga tavbani chinakam qilishning imkoni yo‘q. Masjidlar taqa-taq berkitilib, bozorlar lang ochilgan holda uyda "Alloh, Alloh" deb o‘tirishda tuzuk ma’no yo‘q.

Bunga hozirgi gigiyenik ehtiyotkorliklar (niqob taqib yurish, masofa saqlash, kirishda qo‘lni sterilizatsiyalab kirish) bilan ruxsat berilsa, o‘zaro yuqishlar oldi olinadi. O‘zi ko‘rib turibmiz, shundoq ham bozorlar, magazinlar, hatto tibbiy muassasalarda ham bunga to‘liq rioya qilinmayapti. Hamma yerda tiqilinch yuzaga kelgan. Shunday bo‘lgach, faqat masjidlarni berkitib qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi. Aminmanki, masjidga kirib-chiqadigan namozxonlar bu ehtiyotkorliklarga boshqalarga qaraganda ko‘proq amal qiladi".

Shuningdek, ikkinchi ish - vahimaga tushmaslik, xotirjamlikni ta’minlash uchun yo‘llardagi blokpostlar, harbiylar va turli to‘siqlarni olib tashlash lozimligi qayd etilgan.

"Odamlar ularni ko‘rib vahimaga tushishmoqda, yo‘llar tiqilinchligi kelib chiqqanidan xotirjamlik ketib, asabiy bo‘lib qolishmoqda. Vahimaga tushish va asabiy bo‘lish esa, hozirgi tibbiyot tasdiqlaganidek, odamlarning kasallikka qarshi immunitetini pasaytirib yuboradi. Immuniteti pasaygan shaxs esa, har qanday kasallikni boshidan og‘ir o‘tkazadigan, ayniqsa, boshimizda turgan bu vaboga juda chidamsiz bo‘lib qoladi.

Hukumat mutasaddilari bu ikki taklif ustida yaxshilab o‘ylanadilar va to‘g‘ri qaror chiqaradilar, deb umid bildirib qolaman. Zero, xalqini o‘ylagan odam bunga jiddiy qaraydi.

O‘quvchilardan esa, buni imkon qadar ko‘proq tarqatishga hissa qo‘shishni so‘rayman" - deydi Sayfulloh Nosir.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida 2020 yil 25 iyul holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 265 ming kishiga yaqinlashgan. Ularning 217 mingdan ortig‘i sog‘aygan bo‘lsa, 2703 kishi vafot etgan. Mamlakatdagi 90 mingdan ortiq masjidlar sanitariya epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda faoliyat olib bormoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 19 755 kishini tashkil qilmoqda. Ularning 10 472 nafari tuzalgan bo‘lsa, 100 ga yaqin bemorlar vafot etgani aytilmoqda.

O‘zbekistondagi barcha masjidlar dastlab 16 martdan vaqtinchalik yopildi, keyinroq yashil hududlar sanitariya epidemiologiya qoidalariga rioya qilgan holda qayta ochildi. Lekin, 10 iyuldan kuchaytirilgan karantin qoidalari joriy etilishi oqibatida barcha masjidlar va boshqa diniy ibodatxonalar qayta yopildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda 2069 ta masjid ro‘yxatga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан