Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Savdo urushi ta’sir qilmoqda: Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’ati 1992 yildan beri eng past darajada tushdi
18.10.2019 19:03,  
356

Xitoy iqtisodiyoti joriy yilning uchinchi choragida kutilgan darajada o‘smadi. AQSh-Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi hamda ichki bozordagi talabning biroz pasaygani bunga sabab sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch oyda Xitoy iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 %ga o‘sgan.

Hukumatning iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan urinishi, jumladan soliqlarni qisqartirish kabi choralari ham iqtisodiy o‘sish sekinlashuvining oldini ololmayapti.

Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti o‘sishi butun dunyo bo‘ylab diqqat bilan kuzatilmoqda, chunki sekinlashayotgan o‘sish global iqtisodiyotga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Xitoy iqtisodiyotiga uchta omil ta’sir qilmoqda:

Bir yildan beri davom etayotgan AQSh-Xitoy savdo urushi. Bu urush biznes va iste’molchilarga noaniqliklar tug‘dirmoqda.

Ikkinchisi, mahalliy bozorda talabning pasayishi va u inflyasiya oshishiga olib kelmoqda.

Uchinchisi, Xitoyning ko‘plab dehqonlari uchun noxush xabar bo‘lgan cho‘chqa gripining tarqalishi. Bu esa iste’molchilarning xarid qobilyatini pasaytirmoqda.

Ushbu muammolar bilan bir qatorda, bir qancha ijtimoiy-siyosiy muammolar ham mavjud. Xitoy g‘arbidagi mahalliy uyg‘urlar bilan bog‘liq muammolar hamda alohida ma’muriy hudud Gonkongdagi namoyishlar ham «o‘lganning ustiga tepgan» bo‘lmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан