Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Savdosi cheklangan 1 500 dona dori vositalari harakatiga chek qo‘yildi
9.03.2021 18:10,  
89

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun 9 mart kuni 02-30larda Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l patrul xizmati maskanida tungi xizmatni olib borayotgan 2-mintaqaviy hudud YPX va PPX xodimlari tomonidan fuqaro 1987 yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi «Namangan-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan "Neksiya" avtomobili to‘xtalib, tegishli tartibda tekshiriladi.

Avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida yukxonasida bo‘lgan ikki qog‘oz quti ichida respublika hududida savdosi cheklangan 1 500 dona «Tropikamid 10 mg» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi IIB xodimlari tomonidan aniqlanadi va qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан