Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga bugungacha qancha mablag‘ kelib tushgani aytildi
16.06.2020 17:16,  
279

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga homiylar va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan mablag‘lar va ularning maqsadli sarflanishi bo‘yicha ma’lumot berdi:

Unga ko‘ra, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga shu kunga qadar 194 mlrd 625 million so‘m mablag‘ kelib tushdi. Ular esa:

  • 300 ming 383 ta oilaga 118 milliard 995 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Jumladan:
    • - 2 822 ta oilaga 399 mln 531 ming so‘mlik dori, himoya niqoblari, antiseptik vositalari uchun;
    • - 24 619 ta oilaga 9 mlrd 626 mln so‘mlik boshqa turdagi mahsulotlar uchun;
    • - 67 296 ta oilaga 71 mlrd 110 mln so‘m miqdorida naqd pul ko‘rinishda mablag‘lar berildi.

«USM Holdings» asoschisi Alisher Usmonov tomonidan 5 mln. AQSh dollari xayriya mablag‘i o‘tkazildi.

Ushbu mablag‘ Andijon, Namangan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan shakllantirilgan 19009 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga 2 500 000 so‘mdan plastik kartochkalarga ko‘chirildi.

Toshkent shahridagi 63 ta mahalladan 1515 nafar fuqaroga 2 500 000 so‘m mablag‘ plastik kartochkalarga ko‘chirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан