Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saylov tizimi: partiyalar ro‘yxatiga o‘tish zarurati
21.11.2019 17:49,  
219

Yaqinda O‘zLiDePning saylovoldi qurultoyida, partiya lideri, majoritar saylov tizimidan partiyaviy ro‘yxat tizimiga o‘tish g‘oyasini ilgari surishini bildirdi. Ya’ni, agar partiya ko‘p o‘rin olsa, mana shu g‘oyani qonunchilikka kiritishini bildirdi. Juda yaxshi taklif!

Agar saylov tizimi partiyaviy ro‘yxatlar tizimiga o‘tsa, odamlar partiyalarga ovoz berardi, partiyalar jonlarandi, ularni aniq va farqli dasturlari va imiji bo‘lardi. Parlament kuchayardi. Hokimiyatlar bo‘linishi sezila boshlardi.

O‘zLiDeP, albatta eng ko‘p o‘rinni oladi. Lekin, bu partiyaning g‘oyalari va dasturi bilan emas, uning moliyaviy va administrativ resurslari bilan bog‘liq. O‘zLiDeP – 2003 yildan beri, hokimiyat partiyasi hisoblanadi. O‘zLiDeP – Prezident partiyasi hisoblanadi. Shuning uchun, qonunchilikdagi “saylangan Prezident, biron partiyaga a’zo bo‘lmaydi” degan nomantiqiy holatni olib tashlash kerak.

Aksincha, Prezidentni, vazirlar mahkamasini, markaziy hokimiyatdagi amaldorlarni imkon qadar kuchliroq partiyalarga, mafkuralarga bog‘lash kerak. Yutqazgan partiyalar esa, tabiiy ravishda, muholifatga o‘tishi, hukumat faoliyatini tanqidiy kuzatishi, taftish qilishi kerak bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан