Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sayyohlik yarmarkasida “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l ko‘rsatkichi” taqdim etiladi
8.11.2019 18:58,  
50

13-15 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “Ipak yo‘lida turizm” 25-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur turistik yarmarka 1995 yildan beri BMT umumjahon sayyohlik tashkiloti rasmiy ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.

25 - Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ishtirokchilarini qiziqarli tadbirlar kutmoqda: sharqona bozor, “Ipak yo‘lining ta’mi” milliy taomlar festivali, O‘zbekiston turistik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz milliy liboslar xalqaro festivalining taqdimi, hunarmandlardan mahorat darslari va ular yasagan buyumlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston va Rossiyaning birinchi turistik forumi va hokazo.

Shuningdek, turoperatorlar uchun “Turizm sohasidagi innovatsiyalar”, “Turizm sohasida tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etilgan yengillik va imtiyozlar” hamda “O‘zbekistonning rasmiy yo‘l ko‘rsatkichi” mobil ilovasining taqdimoti o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан