Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi
25.09.2019 13:47,  
860

Amerikalik olimlar har kuni ko‘p bo‘lmagan miqdorda yong‘oq iste’mol qilish semizlik rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress saytida e’lon qilingan.

Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sog‘lig‘ini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga o‘zlarining vazni, taom ratsioni, alkogol iste’mol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sutkasiga muntazam ravishda 14 gramm yong‘oq iste’mol qilganlarda semizlik kasaliga chalinish boshqalarga qaraganda 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, yong‘oqning foydasini sezish uchun qayta ishlangan go‘sht, shokolad va turli qandolatchilik mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан