Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senat koronavirus tufayli O‘zbekiston davlat byudjetiga o‘zgartish kiritilishini ma’qulladi
11.05.2020 12:47,  
302

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 2020 yil 11 may kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida videokonferensaloqa shaklida o‘z ishini boshladi.

Senat tomonidan “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Ma’lum qilinishicha, “Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.

Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан