Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senat yalpi majlisi koronavirusdan vafot etgan barcha o‘zbekistonliklar hotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlandi​
7.08.2020 10:22,  
303

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Majlisning rasmiy qismi senati raisining tashabbusi bilan koronavirusdan vafot etgan barcha yurtdoshlarimiz hamda ushbu kasallikdan vafot etgan senator, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov hotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalar, jumladan, 8 ta qonun ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan. 

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:

  • - “Ta’lim to‘g‘risida”gi;
  • - “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi;
  • - “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
  • - “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi;
  • - “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан