Senatning yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi (video)

Senatning yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi (video)

Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni kuzatib borishingiz mumkin.