Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatning navbatdagi yalpi majlisi 11 may kuniga belgilandi
6.05.2020 15:33,  
190

Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisini joriy yil 11 may kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta Qonun ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
- “Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi;
- “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi;
-  “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi;
- “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
- “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан