Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatning navbatdagi yalpi majlisi muddati va unda ko‘riladigan masalalar ma’lum qilindi
4.09.2020 18:11,  
248

2020 yil 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisini 2020 yil 11 sentyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:

  1. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi;
  2. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi;
  3. “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi;
  4. “Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi;
  5. “Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
  6. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi.

Shu bilan birga, moliya vazirining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан