Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni chaqiriladi
12.11.2020 21:11,  
84

Majlisda Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisini 2020 yil 20 noyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

“Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida”gi, “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi  qonunlar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning to‘qqiz oyi davomida Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti, qolaversa, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlari  tomonidan ijro etilishi haqidagi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar, nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini oshirish, mamlakatda toshqinlar, sel oqimlari, ko‘chki xavfi mavjud tog‘ va tog‘oldi hududlarida joylashgan aholi punktlari va iqtisodiy ob’yektlar xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rossiyada mehnat faoliyatini vaqtincha amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlari himoyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatining amaldagi  holati va ularning  tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan, mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar to‘g‘risida, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан