Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senator N.Abdullaxanov boshchiligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi Ozarbayjonda bo‘ldi
15.12.2021 13:53,  
38

Joriy yilning 7-10 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, “ANAMED” MChJ rahbari Nosirbek Abdullaxanov boshchiligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi Ozarbayjonda bo‘ldi.

Tashrif doirasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya va gumanitar loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, M.Topchubashev nomidagi ilmiy-jarrohlik markazi va Boku markaziy klinikasi rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Ularda N.Abdullaxanov Ozarbayjon tomoniga O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hukumat tomonidan milliy iqtisodiyotlarni liberallashtirish, salohiyatli xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlar borasida ma’lumot berdi.

M.To‘pchubashev nomidagi ilmiy-jarrohlik markazi koloproktologiya bo‘limi mudiri Gurbanxon Muslumov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholadi.

Ozarbayjonlik shifokor N.Abdullaxanovning so‘zlariga to‘liq qo‘shilib, ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilmagan katta salohiyat mavjudligini alohida ta’kidladi. Shu munosabat bilan u hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurish taklifiga ijobiy munosabat bildirdi.

Shu bilan birga, bo‘lajak safari davomida konsalting xizmatlari ko‘rsatish va zarur hollarda operasiyalarni o‘tkazish, shuningdek, mahalliy shifokorlar uchun mahorat saboqlarini tashkil etish maqsadida bemorlarni bepul qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi.

Qolaversa, ozarbayjonlik shifokor yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun yaqin vaqt ichida Qoraqalpog‘istonga borishga kelishib oldi. Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha N.Abdullaxanov va G. Muslumov “Almaz Academie” tibbiy o‘quv markazi (Boku, Ozarbayjon) va “ANAMED” tibbiyot markazi (Namangan, O‘zbekiston Respublikasi) o‘rtasida Memorandum imzolandi. Mazkur hujjat sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Yana bir jihat. Markaziy klinikaning Ortopediya va travmatologiya, sport tibbiyoti va fizioterapiya markazi rahbari Elviz Gasimov bilan uchrashuvda ham deyarli shunday kelishuvlarga erishildi. Xususan, ozarbayjonlik mutaxassis O‘zbekistonda reabilitatsiya markazini tashkil etishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан