Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senator to‘ylarni militsiya nazoratida o‘tkazishni taklif qildi
11.09.2019 12:34,  
45

O‘zbekiston Senati «oilalar farovonligini ta’minlash, ulardagi ajralishlarning oldini olish, mehnat bilan topilgan mablag‘larni farzandlar kamoli uchun sarflash»ni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatni ishlab chiqish vaqti keldi. Bu fikr Senat a’zosi, Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova tomonidan bildirildi.

Senatorning fikricha, parlament yuqori palatasi tomonidan qabul qilinishi lozim bo‘lgan me’yoriy hujjatda quyidagi masalalarga aniq yechim berilishi lozim:

Birinchidan, Senat tomonidan O‘zbekistonda to‘y va boshqa marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, isrofgarchilikning oldini olish, soxta obro‘ qozonish maqsadida, bir kunda ortiqcha marosimlar, dabdabali to‘ylarga barham berish, har bir hududning o‘z yaxshi an’analarini hisobga olgan holda, to‘y va marosimlarning aniq me’yorini belgilash haqida qaror qabul qilinishi lozim.

Ikkinchidan, nikohlanuvchilar o‘rtasida ikkala tomonning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan, oilaviy hayotda va ajrim ro‘y bergan holatda bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar aniq belgilangan «Nikoh shartnomasi» tuzilishi majburiy joriy etilishi zarur.

Uchinchidan, to‘y qiluvchi ikkala taraf o‘rtasida tomonlarning vazifalari va majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan, Senati qarori talablari asosida tuzilgan «To‘y shartnomasi» amalga tatbiq qilinishi kerak.

To‘rtinchidan, to‘y va boshqa marosimlarning Senat qarori asosida o‘tkazilishi nazorati mahalla fuqarolar yig‘inlari va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinishi kerak.

Beshinchidan, barcha jamoat tashkilotlari, vazirliklar, ommaviy axborot vositalari tomonidan aholi orasida dabdababozlik va isrofgarchilikka qarshi targ‘ibot ishlari olib borilishi kerak.

Oltinchidan, bu ishlarda barcha darajadagi rahbar xodimlar shaxsiy namuna ko‘rsatishlari lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан