Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatorlar 5-yalpi majlisda nimalarni muhokama qildi?
20.06.2020 09:27,  
135

2020 yil 19 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yalpi majlisda quyidagi qonunlar tasdiqlandi:

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
“Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni
“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
“2007 yil 27 iyundan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29 aprel) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
“O‘zbekiston Respublikasining Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qo‘shilishi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

Senatorlar “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini rad etdi.

Shuningdek, Adliya vazirining 2019 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti ham eshitildi.

So‘ngra Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitildi.

Shundan keyin Senat a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasiga chiqindilar bilan bog‘liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Parlament yuqori palatasi a’zolari beshinchi yalpi majlisda Istiqbolli turizm yo‘nalishida O‘zbekiston xalqaro imijini oshirish choralari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatiga Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан