Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatorlar Qonunchilik palatasi taqdim etgan yana bir qonunni rad etdi
19.06.2020 11:51,  
354

Oliy Majlis Senati beshinchi yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan navbatdagi masala – “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi.

Qonunning aksariyat normalari real hayotiy munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solmasligi, ularning asosiy qismi to‘liq ifodalanmaganligi, belgilangan tadbirlarning amalga oshirish mexanizmlari mavjud emasligi alohida qayd etildi.

Xususan, Qonunning 7-moddasida fuqarolar jamoat tartibini saqlashda ishtirok etganda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar bilan hamkorlik qilishi belgilangan bo‘lsa-da, Qonunda ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari aks ettirilmagan.

Shu bilan birga, jamoat tartibini saqlashda ishtirok etuvchi shaxslarning reyestri va uni yurituvchi organlar faoliyati bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilmagan hamda Qonunning 8-moddasida jamoat tartibini saqlashda fuqarolarning ishtirok etishi bilan bog‘liq cheklovlar to‘liq aks ettirilmagan.

Shuningdek, Qonunda fuqarolarning jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish maqsadida jamoat tuzilmalari tuzish va ularning faoliyatida qatnashish, jamoat tartibini saqlashda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish bilan bog‘liq shakllar bayon etilmagan.

Shu jihatdan senatorlar tomonidan Qonunni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан