Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatorlar uchta muhim qonunni ma’qulladilar
28.02.2020 11:38,  
1844

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi ishi davom etmoqda. Senatorlar majlis kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishga kirishdilar.

Senat a’zolari yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshladilar.

Qonun bilan mustahkamlanayotgan yangi normalar haqida so‘z borganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilab qo‘yilganligi qayd etildi. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi yoki ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha bolalarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini belgilash tartibi mustahkamlandi.

So‘zga chiqqanlar Qonun qabul qilinishi bilan sohaga doir qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bir xilda bo‘lishi, inson huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishi ta’minlanishiga xizmat qilishini ta’kidladilar. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Parlamentning yuqori palatasi a’zolari “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.

Qonun Davlat statistikasi qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 5 fevraldagi Farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilganligi ta’kidlandi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Ikkinchi yalpi majlis doirasida senatorlar yangi tahrirdagi “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdilar.

“Metrologiya to‘g‘risida”gi amaldagi Qonunning keyingi moddalari bir xilda talqin qilinishini ta’minlash uchun asosiy tushunchalar “davlat metrologiya xizmati”, “metrologik kuzatuvchanlik”, “o‘lchashlar aniqligining ko‘rsatkichi” kabi terminlar bilan to‘ldirilmoqda. Bunday terminlar kiritilishi bilan “o‘lchash vositalarini qiyoslash” va “metrologiya xizmati” terminlarining ta’rifi o‘zgartirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан