Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Senatorlar Xorazmda yangi tuman tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdi
24.03.2020 19:07,  
537

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida senatorlar Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurganida viloyatning dehqonchilik hududi hisoblangan Hazorasp tumani Pitnak shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun Xorazm viloyatida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan.

Bugungi kunda Pitnak shahrida jami 54 ming 248 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Pitnak shahri va Tuproqqal’a maskani hududlari qo‘shilganda jami 143 ming 74 gektarni tashkil etadi. Foydalanilmayotgan yerlarda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida 552 gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritilib, qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlar Tuproqqal’a tumani tashkil qilinsa, mahalliy aholining yashash sharoiti va turmush tarzi yaxshilanishini ta’kidlab o‘tdi. Ko‘rib chiqilgan masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан