Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sentyabr oyida Rossiyaga aviaparvozlar tiklanishi mumkin
7.09.2020 16:55,  
333

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning «Kommersant’» nashriga ma’lum qilishicha, joriy yilning sentyabr oyidan Rossiya bilan aviaparvozlar tiklanishi mumkin. 

«Rossiyaga aviaparvozlar sentyabr oyida tiklanishi ham mumkin. Biroq tushunish kerakki, biz ikki oy davomida karantin joriy etdik. Keyin choralar yumshatildi. Natijada kasallikni yuqtirish holatlari oshib ketdi va biz 15 avgustga qadar navbatdagi karantinni joriy etishga majbur bo‘ldik. 15 avgustdan so‘ng karantin cheklovlari bir muncha yumshatildi va 5 sentyabrdan yana bir qancha faoliyat turlari tiklandi.

Boshqa davlatlar kabi biz ham maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochyapmiz. Respublikadagi keyingi vaziyatni baholash uchun biroz vaqt kerak. Kasallanish holatlari kamayib borsa, bu aviaparvozlarni tiklash uchun imkon beradi» – dedi Bahodir Yusupaliyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda O‘zbekistonda kasallikning ikkinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«Biz ikkinchi to‘lqinni kutyapmiz va unga tayyorlanyapmiz. Kuz-qish mavsumi bu gripp, O‘RVI kabi infeksion kasalliklarning ko‘payish vaqti. Karantin cheklovlarining deyarli barchasi yumshatildi. Odamlar orasida muloqot ko‘payyapti, maktablar, OTM va bog‘chalar ochilyapti»,- dedi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан