Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sentyabrda O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari $1,1 mlrdga kamaydi
20.10.2020 17:26,  
72

1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 33,4 milliard dollarni tashkil etadi, bu bir oy oldingi ko‘rsatkichdan 1,1 milliard dollarga kamdir. Ushbu statistika Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan

Zaxira aktivlarining yarmidan ko‘pi yoki 55,5 foizini oltin (18,6 milliard dollar), 43,4 foizini chet el valyutasi va depozitlari (14,5 milliard dollar) tashkil etadi.

Avvalroq Moliya vaziri o‘rinbosari Odil Isakov: "Oltin-valyuta zaxiralarimiz mamlakatning "xavfsizlik yostig‘i" dir. Zaxiralar bizning valyutamiz, ya’ni so‘mning qadrsizlanishiga kafolat beradi. Chet ellik investorlar har doim sarmoya kiritishdan oldin o‘ylashadi. Ular dividendlarni qaytarib olishga qaror qilsalar, O‘zbekistonda so‘mni dollarga aylantirish uchun mablag‘ yetarlimi deb o‘ylaydilar", - degan edi Uzreport telekanaliga bergan intervyusida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан