Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston sentyabrdan 4 ta davlat bilan muntazam aviqatnovlarni tiklashi mumkin
29.08.2020 10:31,  
2292

O‘zbekiston 4 mamlakat - Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar beradi.

«Bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakatsiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgich ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talab etiladi. Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim», - deya ta’kidlaydi vazirlik

 “Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Dastlab, Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya va Qozog‘iston bilan muntazam parvozlarni tiklashni rejalashtirgan edi, ammo hozircha fuqarolarni qaytarish uchun faqatgina charter reyslari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан