Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​Sentyabrdan o‘zbekistonliklarni gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi
19.08.2020 11:40,  
805

O‘zbekistonda aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash punktlari tashkil etiladi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov Daryo.uz'ga ma’lum qildi.

Rustam Ikromovning aytishicha, har yili kuz va qish faslida havo-tomchi orqali yuqadigan kasalliklarning ko‘payishi kuzatiladi.

«Bu shifokorlar tilida mikst-infeksiya deyiladi, ya’ni qo‘shilib kasallik chaqirishi mumkin bo‘lgan holat kuzatilishi mumkin. Gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli kasalliklarning koronavirus bilan birgalikda kelishi bundan ham og‘irroq darajaga olib kelishini taxmin qilish mumkin», — deydi epidemiolog.

U masalaning jiddiyligini inobatga olib, kuz-qish mavsumiga epidemiologik tayyorgarlik choralari ko‘rilayotganligini aytgan: «Albatta, bundan odamlar vahimaga tushmasligi kerak. Ayni kunlarda gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu ishlar sentyabr oyidan boshlanadi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан