Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sentyabrgacha vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi – XTV
9.07.2020 17:18,  
705

Bugun AOKA anjumanlar zalida "Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar" mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri, Xalq ta’limi vaziri, Maktabgacha ta’lim vaziri va Davlat test markazi direktori qatnashmoqda.

Savol: Maktablarda darslar onlayn bo‘ladigan bo‘lsa, 1-sinflarga ta’lim berish qanday yo‘lga qo‘yiladi? Savolga Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov javob berdi:

"Avvalo, darslar onlayn bo‘lishi to‘g‘risida rasman ma’lumot berildimi?! Yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik. Boshlang‘ich ta’limda dunyo miqyosida onlayn maktab tajribaschi o‘zini oqlasa, allaqachon shu tizimga o‘tilardi. Onlayn tizim bo‘lmasin.

Hozirgi holatdan ko‘rinib turibdiki, sentyabrga kelib, vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi. 

Xavfsizlik choralari ko‘rilsa, epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi to‘g‘risida ham yondashuvlar bor. Bola maktabda bo‘lganda ham, darslar televideniye orqali bo‘ladi. Bu pandemiya tufayli emas. Maqsad uzoq hududlarga sifatli darslar orqali qo‘shimcha yordam bo‘ladi.

Savol: Onlayn maktabni rivojlantirish uchun qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?

"Onlayn darslarda ota-onalarga yuk ko‘payib ketdi. Shunday ota-onalar borki, farzandi qaysi maktabda o‘qishini bilmaydi. 

Shunday ota-onalar borki, uyda o‘zbek tilida muloqot qilinadi, lekin farzandini majburlab rus sinfiga qo‘ygan. O‘z-o‘zidan bu bolada ham ta’lim sifati pasayib ketadi. Chunki ota-ona televideniye orqali uzatiladigan ruscha darslarga tushunmaydi" - dedi vazir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан