Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sentyabrning ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
29.08.2019 18:42,  
13

Avgust oyi oxirida havo harorati +27…+32 darajaga qadar pasayadi, sentyabrning birinchi kunlarida esa kechasi +12…+17, kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar iqlimiy me’yorlardan 4−6 daraja past hisoblanadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Ob-havo o‘zgarishiga Volgabo‘yi hududidan nam va salqin havo oqimlarining kirib kelishi sabab bo‘ldi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatining ayrim tumanlarida 1 sentyabrdan havo bulutli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 2 sentyabrda bir oz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Sentyabrning birinchi haftasida respublikada sezilarli salqin ob-havo hukmronligi boshlanadi va harorat kechasi +12…+17, kunduzi +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi.

Oy oxiriga qadar harorat kechasi +12…+17 dan +7…+12 darajagacha, kunduzi +28…+33 dan +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Ba’zi kunlarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. «Umuman olganda, kuzning birinchi oyida ob-havo iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘ladi», — deya qayd etdi O‘zgidromet.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан