Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelidagi yer usti metrosida dastlabki relslarni o‘rnatish boshlandi (foto)
9.06.2020 16:30,  
195

Sergeli metro liniyasida dastlabki relslarni o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar qilmoqda.

Estakada shaklidagi yer usti metrosining umumiy qiymati 82,66 million AQSh dollaridan iborat bo‘lib, 47,56 millioni O‘zbekiston byudjet mablag‘lari, 35,1 million dollari esa Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kredit mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu loyihaning bunyodkorlik ishlari 2017 yilning dastlabki oyida boshlangan edi. Ob’yekt loyihasi «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, bunyodkorlik ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda qurilmoqda, poyezdlar yer ustida harakatlanadi.

- Belgilangan loyihaga asosan Sergeli yo‘nalishining umumiy uzunligi 6,94 kilometr bo‘lib, «Chosh-tepa», «Toshkent halqa yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» va «Chinor» bekatlaridan iborat, - deydi «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi boshlig‘i Soyibjon Jo‘rayev. - Ayni paytda bekatlar va ularning oralig‘ida belgilangan reja bo‘yicha «Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasining tajribali mutaxassislari tomonidan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish-montaj jarayonlarining keng ko‘lamda olib borilishini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan 60 ta zamonaviy texnika va mexanizmlardan unumli foydalanilmoqda. Ob’yekt qurilishida 700 dan ortiq mutaxassislar 2 smenada ish bilan band.

O‘tgan vaqt davomida barcha 6 ta bekatning 5 tasi va ularning oralig‘idagi tayanch ustunlar uchun poydevor quyish ishlari Germaniya texnologiyasi asosida burg‘ilash uslubida amalga oshirilib, estakada tayanch ustunlari to‘liq o‘rnatib chiqildi. Ularning orasiga 26 metrlik balkalar montaj qilinmoqda. Shuningdek, bekatlarga eskalator o‘rnatish uchun poydevor, g‘isht terish, tashqi fasadni marmar bilan qoplash, elektr yoritish uchun simlar yotqizish ishlari ham yakuniga yetmoqda. Yo‘lovchi platforma to‘sinlarining montaj ishlari hamda metall konstruksiyalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Toshkent metropoliteni Sergeli liniyasining «Chosh-tepa» bekati Chilonzor yo‘nalishidagi «Olmazor» yer osti bekati bilan bog‘lanadi. Belgilangan loyihaning ushbu murakkab yechimini amalga oshirishda quruvchi temiryo‘lchilar «Chilonzor» elektrodeposi hududida chap va o‘ng tayanch devorlarini o‘rnatish bo‘yicha 21 550 m3 hajmdagi yer ishlarini yakuniga yetkazishdi. Ayni paytga qadar bu yerda dastlabki relslar yotqizish ishlari boshlab yuborildi. «Toshkent halqa yo‘li» bekatidan «Sergeli» bekatiga qadar qariyb 600 metrga yaqin relslar yotqizildi. Ushbu yo‘nalishning tunnel qismi Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi «Olmazor» yer osti bekatiga ulandi va tunnelni qayta ko‘mish ishlari yakunlanib, asfalt qoplamasi tiklandi. E’tiborlisi «Chosh-tepa» bekati yangi liniyaning dastlabki estakada shaklidagi bekati bo‘ladi.

Undan keyin esa «Toshkent halqa yo‘li» bekati keladi. Bu yerda ham tayanch ustunlarga hamda eskalator o‘rnatish uchun poydevorlar, g‘isht terish, tashqi fasadni marmar bilan qoplash, elektr yoritish uchun simlar yotqizish ishlari yakunlanib, hozirgi kunda bekatning ichki bezak ishlari so‘nggi bosqichda amalga oshirilmoqda. Bekat tomining metall konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari yakunlandi. Loyiha bo‘yicha jami 34 ta metall ferma o‘rnatildi. Bekatning platforma qismini betonlash ishlari ham to‘liq yakunlanib, ichki pardozlash ishlari davom etmoqda. Perronlarga marmar plitalar yotqizilmoqda.

«Sergeli» bekatida esa poydevor quyish uchun qazish, g‘isht terish va eskalator poydevorini quyish ishlari to‘liq yakunlangan. Bekat metall tomining 770,6 m2 qismini o‘rnatish ishlari tamomlandi. Hozirgi kunda bekatning ichki va tashqi devorlarini pardozlash ishlari uchun tayyor xolga keltirilgan.

«Afrosiyob» va «Qipchoq» bekatlarida bino poydevorlarini qazish va beton quyish, bekatlarda tashqi va ichki oraliq devorlariga g‘isht terish ishlari yakunlanib, suvoq ishlari 100 foiz tugatildi. Bundan tashqari «Afrosiyob» bekatining platforma qismiga 100 foiz oraliq temir-beton balkalari o‘rnatildi. Sergeli liniyasining loyiha smetasi hujjatlarida ko‘rsatilgan jami 1 ming 686 dona temir-beton balkaning 64,4 foizi yoki 1 ming 86 donasi, 254 dona tayanch ustun rigelining 86,6 foizi yoki 220 donasi o‘rnatilib, 265 dona tayanch ustunlarining 83,0 foizi yoki 220 donasi (opora) hamda 580m tunnel qismida qurilish ishlari yakunlandi.

Barpo etilayotgan barcha yer usti metro bekatlarida zamonaviy texnikalardan, sifatli qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Xususan, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun ham bekatlar platformasida xavfsiz taktil plitkalar yotqizilishi hamda yo‘lovchilarning platformalarga ko‘tarilishi uchun zamonaviy lift va eskalator, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bekatlarda zamonaviy videokuzatuv uskunalari, IT rusumdagi zamonaviy turniketlar hamda elektr tejaydigan yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Mobil aloqa uskunalari ham elektr quvvatlagichlar bilan jihozlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан