Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergeli tumani xokimligi xodimida koronavirus aniqlandi
26.06.2020 14:27,  
276

24 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 239 nafar bemordan 31 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 25 iyun kuni esa 276 nafar bemordan 24 nafari aholi orasida tasdiqlanib, shundan 17 holatda poytaxtimizda aniqlandi.

Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi yanada oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa biroz pasayganini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Toshkent shahridagi Sergeli tumani xokimligi xodimi A.T.da (profilaktik maqsadda namuna topshirgan), “O‘zbekneftgaz” AJ xodimi A.Q.da (profilaktik tekshiruv davomida aniqlangan), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi sanaviatsiya xodimi S.U.da (koronavirusga gumon qilingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatgan) ham kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Uchtepa tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (tana harorati yuqoriligi sababli shifoxonaga murojaat qilishgan), Shayxontohur tumani yashovchi S.Z.da hamda Olmazor tumanida yashovchi R.A.da (har ikki holatda ham tana harorati ko‘tarilganligi sababli poliklinikaga murojaat qilgan), Chilonzor tumanida yashovchi (“santexnik”) U.I.da koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан