Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelida 1680 o‘rinli yangi maktab ochildi (foto)​
22.08.2020 11:56,  
372

Kecha 21 avgust kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 9-qurilish hududida 1680 o‘ringa mo‘ljallangan 331-sonli maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu zamonaviy maktabni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi.

— Bugun ochilgan maktab yurtimizda «Zamonaviy maktablar»ni tashkil etishdagi ilk qadamdir. Bunday maktablar bosqichma-bosqich mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil etiladi. Mutlaqo yangicha dizaynda barpo etilgan ushbu maktabda o‘quvchilarning bilim olishi uchun barcha qulayliklar mavjud. Yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, maktab jamoasi va o‘qituvchilarga quyilayotgan birgina talab o‘quvchilarimiz yaxshi o‘qib, yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishib chiqishlari uchun ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqishlari va tumandagi, balki, respublikadagi yetakchi maktablardan biriga aylanishi lozim, — deya ta’kidladi Xalq ta’limi vaziri.

To‘rt qavatli ushbu maktabda 48 ta o‘quv xonalari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasi fan xonasi, 14 tasi boshlang‘ich sinf xonasi va 14 ta xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv xonalaridir.

Bundan tashqari, maktabda 15 ta ma’muriyat xonasi, 1 ta chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik xonasi, 4 ta axborot texnologiyalari xonasi, 4 ta to‘garak xonasi, 3 ta kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 2 ta o‘g‘il va qiz bolalar texnologiya xonasi, 1 ta musiqa xonasi, 1 ta kutubxona faoliyat yuritadi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1 ta 40 o‘ringa mo‘ljallangan elektron kutubxona, 1 tadan tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, 1 ta 140 o‘rinli faollar zali, 200 o‘rinli oshxona, 2 ta sport zali, futbol, basketbol, voleybol maydonlari ham tashkil etilgan.

Ta’kidlash lozimki, bu so‘nggi yillarda qurilgan eng katta quvvatga ega maktablardan biri hisoblanadi. Mazkur maktabni qurish jarayonida Prezident maktablari, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashgan maktablarining qurilish tajribasidan foydalanildi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur maktabda ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida Toshkentdagi eng talab yuqori bo‘lgan maktab direktorlari orasida tanlov o‘tkazilib, nomzodlar Kuzatuv kengashlari tomonidan tanlab olindi hamda o‘qituvchilar test sinovlari asosida ishga qabul qilindi. Xususan, ushbu maktabda ishlash istagini bildirgan 100 nafardan ziyod pedagoglar test sinovidan o‘tkazilib, test sinovlari natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 65 nafar yosh, bilimli va tashabbuskor pedagoglar ishga qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Sergeli tumanida 4 yangi maktabning qurilishi boshlangan edi. Hozirda ularning uchtasi, ya’ni 329-, 330-, 331-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari foydalanishga topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан