Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelida 6 tasmali 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda
26.10.2020 18:28,  
299

Toshkent shahrining Sergeli tumanida Cho‘ponota, KHAY, THAY va Qipchoq ko‘chalari o‘rtasida joylashgan olti qatorli avtomagistral va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha 2021-yilning kuz oylarida o‘z nihoyasiga yetadi.

Yo‘lning umumiy uzunligi: 6 kilometr, 3 tasma va 6 yo‘nalishli. Ko‘prikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha yetadi.

Mazkur ko‘prik O‘zbekistondagi ilk YaXLIT BETONdan bunyod etilayotgan qurilmadir. Ya’ni, qurilish-montaj ishlari butun dunyoda faol qo‘llanilayotgan, jahon standartlariga mos monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qo‘llagan holda olib borilmoqda. 

Cho‘ponota ko‘prigining umumiy uzunligi 597 metrni, bog‘lamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yo‘laklar nazarda tutilgan.

Loyiha tamomlangach, yurtdoshlarimiz Sergelidan shahar markaziga 20 daqiqada yetib olishlari mumkin bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан