Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelida kuchli yong‘in yuz berdi
9.11.2019 08:33,  
1443

2019 yilning 8 noyabr kuni soat 17:52da Toshkent shahar Sergeli tumani 2-dahasida joylashgan “Sergeli kichik sanoat zonasi” hududida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar asosida voqea joyiga dastlab avtomatik ravishda 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 17:57 da yetib borgan vaqtda ishlab chiqarish sexlari joylashgan binoning ikkinchi qavati ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Toshkent shahridagi yuqori qavatli binolarga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari orqali voqea joyi kuzatilishi hamda voqea joyidagi yong‘in o‘chirish rahbari tomonidan tasdiqlangan II yuqori chaqiriq bo‘yicha qo‘shimcha ravishda 6 ta asosiy yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 19:46 da qurshab olinib, soat 20:20 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida “Sergeli kichik sanoat zonasi” hududidagi “Magna-mebel” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va “Useful-biznes-grup” sintefon ishlab chiqarish sexining 1500 kv.metr maydonda tomi va ichki qismilari yonib zararlangan.

Yong‘indan ob’yektning 15500 kv.metr maydoni saqlab qolingan hamda alanga hududdagi qo‘shni tadbirkorlik ob’yektlariga o‘tib ketishi oldi olingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан