Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelida "tonirovka" uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi
19.03.2021 19:09,  
113

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. va boshqalar fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga avtotransport vositasining orqa va old yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomani YHXBda ishlovchi tanishlari  orqali olib berishni va’da qilib, 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokratura departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov  harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан