Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelida yuz bergan janjalga rasmiy munosabat bildirildi
21.01.2021 10:27,  
481

Toshkent shahar Sergeli tumanida erkak do‘pposlanayotganligi aks etgan vediolavhaga IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 18 yanvar kuni taxminan soat 23.50 larda 26 yoshli A.K. o‘zining boshqaruvidagi«Cobalt» avtomobilida tanishlari 32 yoshli Z.X. va 40 yoshli Z.X. bilan Sergeli tumani 6-kvartaldagi avtoturargohga kelgan. 

Shu vaqtda ikki nafar fuqaro – 30 yoshli muqaddam sudlangan A.A. va 30 yoshli X.X. mast holatda avtomobilning yo‘lini to‘sgan va fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

A.A. va X.X. avtomobilning oynalarini sindirib, unga shikast yetkazgan. Shundan so‘ng ular Z.X. va Z.X.larni urib, tan jarohati yetkazishgan.

Z.X.ga tan jarohati yetkazish jarayoni shu joydagi ko‘p qavatli uyda turadigan fuqaro tomonidan videoga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi («bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar A.A. va X.X.lar ushlangan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан