Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sergelidagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi
16.04.2021 10:03,  
388

Sergeli tumanidagi ishlab chiqarish ob’yektlaridan birida yuz bergan yong‘in haqida ma’lumot berildi.

15 aprel kuni soat 23:08 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in taxminan 1000 kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi yong‘in 16 aprel soat 02:05 da o‘chirildi. Yong‘in sabablari, shuningdek moddiy zarar mutaxassislar tomonidan aniqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан