Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Serqirra mutaxassis (hajviy hikoya)
1.10.2016 19:54,  
155

“… qirq hunar oz” (O‘zbek xalq maqoli)

Stol ortida katta odam va 2-3ta ayollar yastanib o‘tirishibdi. Oldinda yoshroq yigitcha.

-          Bizning dargohda ishlash oson, deb o‘ylayapsiz, shekilli?

-          Yo‘q, yo‘q..

-          Ko‘pchilik bilan til topishadigan, uddaburon bo‘lishingiz kerak.

-          Albatta.

-          Bilasizmi, paxta qachon yaganalanadi, teriladi?

-          Bilaman. Paxta dalasida o‘sganman.

-          Xo‘sh, belkurakni ishlatishni bilasiz?

-          Qaysi yigit belkurak ishlatmagan deysiz.

-          Supurgini-chi?

-          Bu nimaga kerak?

-          Supurish uchun, albatta. Minib uchmaysiz-ku.

-          Qayerni?

-          Ko‘chani! Xo‘sh, bilasizmi?

-          Albatta! Talabalikda supur-sidir ishlarini bajarganman.

-          Men bekorga ko‘pchilik bilan ishlash to‘g‘risida eslamadim. Mahalladan to‘lovlarga pul yig‘ish, turli ro‘yxatlarni olish ishlariga qo‘l-oyog‘ingiz chaqqon bo‘lishi kerak.

-          Uddalayman. Kotiblik ish bo‘ptimi.

-          Mahalla ayollarining yurish-turishiga ko‘z-quloq bo‘lib turishga to‘g‘ri keladi. boshdan oyoq, ho‘o‘, haligidek, ro‘molga burkanib, juda uzun kiyinib yurganlarni ogohlantirib turish zarur.

-          A-a?...

-          Juda kalta kiyinganlarni ham.

-          I-i...Nega?

-          Yaqinda yangi topshiriq bo‘ldi. Aholi yashash punktlarida turli oqimlarga aralashgan shaxslar, chet eldagi jangarilarga qo‘shilishni maqsad qilganlarni tutib kelishga ham mas’ulmiz.

-          Men karate va qo‘l jangiga qatnaganman. Priyomlarimni ko‘rsatib beraymi? Xiy-ya-a-a!! Gdish-bdish!!

-          Yetarli.

Shunday qilib yosh o‘qituvchi maktabga ishga qabul qilindi.

Shukurjon Islomov

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан