Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasporti shakllantiriladi
11.02.2021 09:31,  
131

Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan barcha bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini baholash va ularning texnik pasportlashtirish tizimini joriy etish maqsadida “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan:

seysmik xavfni baholash uchun 2021 yilning 1 apreliga qadar O‘zbekiston hududining amaldagi seysmik risk xaritasi hamda ishlab chiqilayotgan hududlarning mayda masshtabli seysmik risk xaritalari barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot vositalari orqali yetkaziladi;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yordamida dastur ishlab chiqqan holda, kuchli zilzilalarni o‘z vaqtida prognoz qilish va ular oqibatlarini bartaraf etish hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali aholini doimiy xabardor qilish choralari ishlab chiqiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasini ishlab chiqadi.

Shuningdek:

Fanlar akademiyasi va Qurilish vazirligi platformaga kiritilgan elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlarning seysmik zaiflik bo‘yicha turlarga ajratilishi hamda texnik holatni baholash ishlariga;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bino va inshootlarning seysmik ta’sirlarga nisbatan zaifligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini olib borish hamda platformani yuritishga mas’ul etib belgilanadi.

2021 yil 1 apreldan boshlab respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, shuningdek ko‘p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

2021 yil 1 maydan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmik darajasi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar materiallarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан