Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Shabab Al Ahli» BAA kubogini qo‘lga kiritdi
10.04.2021 09:52,  
184

BAA Liga kubogi finali doirasidagi «Shabab Al Ahli» - «An Nasr» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.

Uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov to‘liq o‘yin davomida to‘p surib, penaltilar seriyasida jamoasiga kubokni keltirdi.

O‘yin davomida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida jamoasining 5-zarbasini «Panenka uslubi»da yo‘llagan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi «Shabab Al Ahli»ga g‘alaba keltirgan zarba muallifiga aylandi. Raqib jamoaning so‘nggi zarbasi noaniq chiqli. Yakunda Masharipov klubi safidagi dastlabki sovrinni boshi uzra ko‘tardi.

Penaltilar seriyasida hal qiluvchi golni Panenka uslubida golga aylantirgan va o‘yin davomida faol bo‘lgan Masharipov final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

BAA liga kubogi. Final. 
«Shabab Al Ahli» - «An Nasr» - 0:0. Penaltilar seriyasi - 5:4
«Shabab Al-Ahli»: Majid Nosir, Volid Abbos (Yusuf Jobir, 56), Abdulaziz Husayn, Muhammad Marzuq, Hamdan al-Kamoli, Karlos Eduardo, Majid Hassan, Federiko Kartabiya (Abdulaziz Sanqur, 87), Abdulloh al-Naqbi (Muhammad Juma, 69), Jaloliddin Masharipov, Igor Jezus.
Chetlatishlar: Marzuq (82) - Glaber (36).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан