Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rasul Kusherbayev Toshkent shahar hokimligini tanqid qilib chiqdi
18.09.2019 16:05,  
3691

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Toshkent shahar hokimiyatini “deputatlar so‘roviga bepisand” bo‘lgani uchun tanqid qilib chiqdi. Uning aytishicha, Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan “Suli” xususiy firmasi rahbari o‘ziga tegishli bo‘lgan bino buzilgani uchun sud belgilagan 950 million so‘mlik tovon pulini undirish borasida deputatdan yordam so‘rab chiqqan. Tovon pulini Toshkent shahar va Chilonzor tuman hokimliklari to‘lab berishi lozim bo‘lgan.

Belgilangan tovon puli o‘z vaqtida to‘lanmagan, ayni masalada joriy yil 6 avgustda Rasul Kusherbayev shahar hokimiyatiga yo‘llagan so‘rovga ham haligacha javob berilmagan. Holbuki, qonunga muvofiq deputatlik so‘roviga 10 kun ichida javob berish shart.

“Aslida Toshkent shahar hokimiyatining deputatlarga bepisandligiga o‘tgan davrda “arzon uy-joylar” misolida guvoh bo‘lgan va bu haqda boshqa deputatlardan ham ko‘p bora eshitganman. Biroq Toshkent ham O‘zbekistondagi qonunlarga amal qiladigan, respublika tarkibidagi ma’muriy sub’yekt ekanligi uchun mas’ullarning sal yerga tushib, insofga kelishiga umid uzilmagandi.

Endi esa o‘sha umid ham qolmadi: shahar hokimiyatida hokimdan tortib uning mehnat jamoasigacha deputatga, uning so‘roviga panja ortidan qarash o‘zgarmagan. Oliy vakillik organidagi deputatga shunday munosabat bo‘lgandan keyin oddiy fuqarolar ahvolini tasavvur qilavering: tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r”, deydi Rasul Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан